Hudud80 986 ga
Turlar1298 tur
Muhofaza17 nodir tur
Qo'riqxona Pomir-Hisor tog' tizmasining janubiy-g'arbiy tizmalari — Oloy tog' tizmasining o'rta va baland tog' zonasida joylashgan. Dengiz sathidan 1800-4421 metr balandlikdagi Oqsuv, Tanxozdaryo va Qizilsuv daryolarining havzalarida, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Yakkabog' va Qamashi tumanlari hududida joylashgan bo'lib, sharqdan Tojikiston va janubi-sharqdan Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh.
Umumiy maydoni 80 986,1 gektar bo'lib, qo'riqlanma (bufer) hududi 13 231,1 gektarni tashkil etadi.
Qo'riqxonada xorijiy va mahalliy sayyohlarni o'ziga rom etadigan ekoturizm maskanlari va bir qancha madaniy meros obyektlari mavjud.
Tabiiy sharoiti: Tog' yotqiziqlari ichida paleozoy jinslari ko'p uchraydi. Cho'qqilarining balandligi 2500 m dan 4421 m gacha. Jumladan, Xo'ja-Kirshavor — 4303 m, To'rtqo'ylik — 4366 m, Hazrati Sulton tog'i — 4367 m, Bibi-O'lmas tog'i — 4487 m. Abadiy muzliklardan To'palangdaryo va Oqsuvdaryolari boshlanadi. Botirboy muzligi maydoni 1600 ga.
Qo'riqxona hududidagi aksariyat daryolar Seversov hamda Botirboy muzliklaridan boshlanadi (jami 3155 ga). Eng yirik daryolar — Oqsuv, Tanxoz va Qizildaryo. Hududdagi eng baland sharshara "Suvtushar" bo'lib, balandligi 84 m — respublikamizdagi eng baland sharsharalardan biri. Qo'riqxonada katta-kichik 10 ga yaqin ko'llar mavjud.
Florasi: 71 oila, 457 turkumga mansub 1298 tur o'simlik aniqlangan.
Faunasi: 276 tur umurtqali hayvon uchraydi. Sutemizuvchilarning 32 turi (Qor qoploni, Qo'ng'ir ayiq, Turkiston silovsini, O'rta Osiyo qunduzi, Qizil sug'ur, Yovvoyi cho'chqa, Sibir tog' echkisi, Jayra, Tog' suvsari, Latcha, Bo'rsiq), qushlarning 225 turi, sudralib yuruvchilarning 17 turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 2 turi. TMXI "Qizil ro'yxati" va O'zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan noyob hayvon va qushlar 17 turni tashkil etadi.
Ekoturizm maskanlari: Hazrati Sulton platosi, Suvtushar sharsharasi, Dinozavr izlari va Amir Temur g'ori obyektlari qo'riqlanma zonalaridir. G'yelon bo'limida ziyorat turizmi (kempinglar, o'tovlar, dam olish, ovqatlanish, selfi olish nuqtalari) qurilmoqda. Miraki bo'limida Suvtushar sharsharasi atrofida ekoturizm maskani barpo etildi.
Qo'riqxona viloyat markazi Qarshidan 170-200 km masofada joylashgan. Shahrisabz tumani G'yelon qishlog'ida zamonaviy mehmon uylari mavjud.
Tashrif vaqti: Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha). Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha).
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Ipak yo'li ko'chasi, 140-uy. Veb-sayt: www.natureareas.uz

Asosiy xususiyatlar
- Umumiy maydoni 80 986 ga
- 1298 tur o'simlik (71 oila)
- Qor qoploni, qo'ng'ir ayiq, sibir tog' echkisi
- Suvtushar sharsharasi — 84 m