Hudud17 752 ga
Turlar847 tur
Muhofaza32 nodir tur
"Nurota" davlat qo'riqxonasi Pomir-Oloy bilan Tyan-Shan tog' majmualari va Turon pasttekisligining orasidagi o'tish hududida joylashgan Nurota tog' tizmasining markaziy qismida joylashgan. Nurota tog' tizmasi Turkiston tizmasi hududidan shimoliy-g'arbga qarab 200 km gacha cho'zilgan bo'lib, Qizilqum sahrosi ichkarisiga chuqur kirib boradi.
Qo'riqxona Jizzax viloyati Forish tumani hududida dengiz sathidan 500 m dan 2169 m balandlikda joylashgan bo'lib, janubdan Samarqand viloyatining Payariq, Qo'shrabot, g'arbdan Navoiy viloyatining Nurota tumanlari bilan chegaradosh.
Qo'riqxona umumiy maydoni 17 752,0 ga, shu bilan birga 20 312,87 ga qo'riqlanma zonasi belgilangan. "Nurota" davlat qo'riqxonasi Jizzax viloyati markazidan 100 km, Forish tumani markazidan 40 km uzoqlikda joylashgan.
Tabiiy sharoiti: Qo'riqxona iqlim sharoiti quruq va issiq, geologik tuzilmasida proterozoy uglerodli, karbonli-grafitli va ohak-kremniyli slaneslar asosiy rol o'ynaydi.
Florasi: "Nurota" davlat qo'riqxonasida 847 tur o'simliklar aniqlangan bo'lib, shundan 32 turi yo'qolib ketish arafasidagi yoki "Qizil kitob"ga kiritilgan turlardir.
Faunasi: Qo'riqxona hududida umurtqali hayvonlarning 260 turi uchrashi kuzatilgan. Shu jumladan, sutemizuvchilarning 35 turi (Kichik taqaburun, Qorsak, Olaqo'zan, Qizilqum yovvoyi qo'yi (Arxar), Oq qorinli o'qquloq, Jayra, Bo'ri va Yovvoyi cho'chqa), qushlarning 200 turi, sudralib yuruvchilarning 21 turi, amfibiyalarning 3 turi va baliqlarning 1 turi hamda jami umurtqasiz hayvonlarning 864 turi aniqlangan. TMXI "Qizil ro'yxati" va O'zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan noyob hayvon va qushlar 32 turni tashkil etadi.
Ekoturizm maskanlari: Qo'riqxona himoya maydonida joylashgan 2000 yillik Savr (Archa) daraxti yoki Sharq Biotasi alohida ahamiyatga ega bo'lib, obyekt Forish tuman markazidan 55 km uzoqlikda "Do'stlik" MFY, Mojrum qishlog'ining yuqori qismida joylashgan.
Bundan tashqari Seversov qo'ylarini (Ovis severtzovi) tutqunlikda saqlash, ko'paytirish usullari va biologiyasini o'rganish maqsadida tashkil etilgan 16 ga yer maydoniga ega pitomnigi (volyer) Forish tumani markazidan 45 km uzoqlikda "Uxum" MFY yuqori Hayot qishlog'ida joylashgan.
Qo'riqxona atrofiga yaqin mehmon uylari yuqori Hayot qishlog'ida 4 ta, yuqori Uxum qishlog'ida 3 ta, Asrof qishlog'ida 3 ta va Porasht qishlog'ida 2 ta — 20-30 kishilik sig'imda faoliyat olib bormoqda.
Manzil: Forish tumani markazi Bog'don shaharchasi, Qo'riqxona ko'chasi, 5-uy.

Asosiy xususiyatlar
- Umumiy maydoni 17 752 ga
- 847 tur o'simlik (32 tasi Qizil kitobda)
- 260 umurtqali hayvon, 35 sutemizuvchi
- 2000 yillik Savr daraxti