Hudud40 000 ga
Turlar75 tur
Muhofaza4 endemik tur
"Oqtog'-Tomdi" davlat qo'riqxonasi 2022-yilda tashkil etilgan bo'lib, qo'riqxonani tashkil qilishdan ko'zlangan maqsad — Respublikamizning Shimoliy-sharqiy cho'lining kichik bir qismida mavjud bo'lgan betakror tabiiy bioxilma-xillikni saqlab qolish.
Qo'riqxonada o'rganilayotgan tabiiy resurslarga boy va mavjud tashkil topgan to'qayzor o'rmonlar hamda qumli cho'ldagi turli bir yillik (efemer) va ko'p yillik (efemeroid) o'simliklar kiradi.
"Oqtog'-Tomdi" davlat qo'riqxonasi Navoiy viloyati Tomdi tumani markazidan 216 km uzoqlikda Respublikamizning Shimoliy-sharqida joylashgan. Umumiy maydoni 40 000 ga teng. Hududning asosiy maydoni cho'l hududida joylashgan bo'lib, Qozog'iston Respublikasi hududiga chegaradosh.
Tabiiy sharoiti: Qo'riqxona hududi butunlay Tomdi ma'muriy hududi chegarasida. Hududi Nurota tizmasining shimoliy yonbag'rida, 530-2069 m balandliklarda, janubi-sharqdan shimoli-g'arbiy tomonga cho'zilgan yagona yer uchastkasi bilan ifodalanadi. Markaziy idorasi qo'riqlanadigan hududdan 216 km uzoqlikda joylashgan.
Florasi: Cho'l muhitidan tashkil topgani bois 75 turdan ortiq o'simlik uchraydi. Eng ko'p tarqalgan turlar: Qora saksovul, oq saksovul, Cherkez, 3 tur qandimlar, qo'ng'irbosh, mayin shuvoq, qo'ziquloq, karrak, lola qizg'aldoq, andiz, shirach, yovvoyi piyoz va boshqalar. Mintaqadagi o'simliklarning ko'pchiligi efemer bo'lib, qurg'oqchil faslda qurib qoladi.
Faunasi: 11 tur sutemizuvchilar, 12 tur qushlar, 4 tur sudralib yuruvchilar uchraydi. Yovvoyi cho'chqa, jayron, tulki, qum quyon, oddiy dala sichqoni, kursichqon, sariq kalamush, chol burgut, kaklik, tasqara, kichik burgut, oq boshli qumoy, ukki, kichik boyqush, ko'k kaptar, dasht turg'ay kabi qushlar; sudralib yuruvchilardan O'rta Osiyo toshbaqasi, Turkiston gekkoni, Echkiemar, dasht agamasi, oq ilon kabi turlar mavjud. Noyob hayvonlardan 4 tur O'zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo hududi uchun endemik turlar hisoblanadi.
Qo'riqxona atrofiga yaqin mehmonxona mavjud emas. Qo'riqxona Tomdi tumanidan 280 km masofada joylashgan.
Tashrif vaqti: Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha). Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha).

Asosiy xususiyatlar
- Umumiy maydoni 40 000 ga
- 75+ tur o'simlik (saksavul cho'llari)
- Jayron, kichik burgut, dasht agamasi
- 2022-yilda tashkil etilgan