Hudud68 717,8 ga
Turlar419 tur
Muhofaza20 nodir tur
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Amudaryo etaklari Tuyamo'yin va Orol dengizi o'rtasida, daryoning quyi oqimida joylashgan allyuvial tekislikning keng hududini o'z ichiga oladi. Tekislik shimolda Orol dengizigacha boradi, g'arbda Ustyurt platosi, janubda Zangiuz Qoraqumi, sharqdan Qizilqum cho'li bilan chegaralangan. Xorazm viloyatining Gurlan, Beruniy va Amudaryo tumanlari bilan chegaradosh.
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Qoraqolpog'iston Respublikasining Nukus shahridan 90 km, Beruniy tumani markazidan 44 km uzoqlikda joylashgan.
Umumiy maydoni 68 717,8 gektarni tashkil etadi. Hudud 3 zonaga bo'lingan: qo'riqxona 11 568,3 gektar, bufer 6 731,4 gektar va o'tish 50 418,1 gektardan iborat.
Tabiiy sharoiti: Hududning iqlimi keskin kontinental. Qishlari mo'tadil sovuq va qorli. Absalyut minimum -26°C ga teng bo'lganda, yanvarning o'rtacha harorati noldan 4-5°C past. Yozi issiq, harorat absalyut maksimumi +42,6°C. Markaziy Osiyodagi eng qurg'oqchil hududlardan biri bo'lib, asosan bahor va kuzda o'rtacha 80 mm yog'in yog'adi.
O'simlik turlari: Hududda o'simliklarning 419 ga yaqin turi mutaxassislar tomonidan kuzatilgan.
Yovvoyi hayvonlar: Hududda 348 turdagi umurtqali hayvonlar — 41 turdagi baliqlar, 2 ta amfibiyalar, 24 ta sudralib yuruvchilar, 243 ta qushlar (migratsiya qiluvchilar bilan) va 38 ta sutemizuvchilar ro'yxatga olingan. Shulardan baliqlarning 10 turi, sudralib yuruvchilarning 2 turi, qushlarning 14 turi va sutemizuvchilarning 4 turi O'zbekiston "Qizil kitobi"ga, 18 tur esa TMXI Qizil ro'yxatiga kiritilgan.
Ekoturizm maskanlari: Biosfera rezervatida 3 ta ekoturistik marshrut yo'nalishlari mavjud:
№1 marshrut: Sayyohlar biosfera rezervatining ma'muriy binosida joylashgan muzeyi hamda "Buxoro bug'usi" saqlanayotgan parvarishxona (vol'er) bilan tanishadi (uzunligi 1,5-2 km).
№2 marshrut: Muzey ekskursiyasi, parvarishxona (vol'er)ni tomosha qilish, sayohat davomida Amudaryo daryosi landshafti, to'qayning florasi va faunasi bilan yaqindan tanishish, "Buxoro bug'usi" populyatsiyasini bevosita kuzatish (uzunligi 10-12 km).
Tashrif vaqti: Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha). Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha).
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati atrofiga yaqin Amudaryo tumanidagi "Xon saroy" mehmonxonasi faoliyat olib bormoqda.
Ma'muriy binosi: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Beruniy tumani, "Oltinsoy".

Asosiy xususiyatlar
- Umumiy maydoni 68 717,8 ga
- 419 tur o'simlik
- 348 umurtqali, 38 sutemizuvchi
- Buxoro bug'usi pitomnigi