Hudud628 300 ga
Turlar103 tur
Muhofaza17 nodir tur
Ustyurt (platosining) tekisligining noyob biologik xilma-xilligini ishonchli muhofaza qilish maqsadida Saygachiy majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonasi tashkil qilingan bo'lib umumiy yer maydoni 628 300 ga, shundan qo'riqlanma zona hududi 219 800 ga.
Joylashgan o'rni: O'zbekiston Respublikasining Qozog'iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlaridagi Ustyurt tekisliklarida joylashgan.
Asosiy ish faoliyati: O'z hududidagi barcha tabiiy obyektlar va majmualarni asl tabiiy holatda saqlash, tabiiy atrof muhitni ilmiy tadqiq etish va monitoring olib borish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlashga ko'maklashish, biologik va landshaft xilma-xilligini ta'minlash, ekologik muvozanatni saqlab turish.
Tabiiy sharoiti: Qo'riqxonaning yer maydonlari asosan qurg'oqchil iqlimga ega bo'lgan Ustyurt tekisliklarida joylashgan bo'lib, doimiy oqar suvlar mavjud emas va yog'ingarchilik miqdori kam. Havo harorati qish mavsumida -25, -30°C ga pasayadi va yoz faslida +40, +45°C ga ko'tariladi. Qo'riqxonaning Do'ana va Jiydeli bo'limi Orol dengizi bo'yida joylashgan bo'lib, qalin saksovulzorlar bilan qoplangan.
Faunasi: Sutemizuvchilar sinfi 13 tur (sayg'oq, turkman quloni, turkman qoraqulog'i, jayron, qorsak, qora ignali tipratikan, bo'ri, qum tovushqoni, tulki, bo'rsiq, yovvoyi cho'chqa, chiyabo'ri, cho'l mushugi). Qushlar sinfi 36 tur, sudralib yuruvchilar sinfi 3 tur. Yovvoyi hayvonlarning 17 turi O'zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan.
Florasi: Qo'riqxona hududida 103 ta o'simlik turi aniqlangan. Oqtog' chalovi, Lola Borshova, Buze lolasi, Ikki gulli lola, Sogdiana lolasi, Kungir kumzum, Qanoti tukli baliqkuz, Qadoqsimon sutlama va Xiva shuragi kabi "Qizil kitob"ga kiritilgan o'simlik turlari mavjud.
Ekoturizm maskanlari: Hududda XIII-XIV asrlardagi Buyuk ipak yo'lidagi muhim manzilgohlardan biri — Beleuli karvonsaroyi yodgorligi mavjud. Hozirda yodgorlik yonidan 5 ga yer maydon ajratilib ekoturistik maskan barpo etilmoqda.
Qo'riqxona atrofiga yaqin mehmonxona mavjud emas. Eng yaqin aholi yashash manzilgohi 100 km uzoqlikda.
Yuridik manzil: Qoraqolpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, S.Nurimbetov ko'chasi, 1-A uy.

Asosiy xususiyatlar
- Umumiy maydoni 628 300 ga
- Qo'riqlanma zona 219 800 ga
- Sayg'oq, jayron, qulon, qorsak
- 17 nodir tur Qizil kitobda