Hudud26 921 ga
Turlar1216 tur
Muhofaza1-toifa
"Zomin" davlat qo'riqxonasi Turkiston tog' tizmasining shimoli-g'arbiy yonbag'rida joylashgan bo'lib, janubda Tojikiston Respublikasi, sharqda Zomin tumani hududida joylashgan Zomin tabiat milliy bog'i, Zomin o'rmon xo'jaligi g'arbda Baxmal tumani Baxmal o'rmon xo'jaligi va shimolda Molguzar tog'i bilan chegaradosh.
Umumiy maydoni 26 921 gektar bo'lib, qo'riqlanma (bufer) hududi 3 516 gektarni tashkil etadi.
Qo'riqxonada xorijiy va mahalliy sayyohlarni o'ziga rom etadigan ekoturizm maskanlari va bir qancha madaniy meros ob'ektlari mavjud.
Tabiiy sharoiti: Qo'riqxona yerlari tarkibiga asosan tog' tizimlari kiradi. Qo'riqxona asosan Zomin va Baxmal tumanlarida joylashgan bo'lib, dengiz sathidan 1700 metrdan 4029 metrgacha balandlikka ega uch zonani — tog'larning pastki, o'rta va yuqori qismlarini o'z ichiga oladi. Hududning janubiy qismi Turkiston tog' tizmasining tik jarliklaridan iborat. Shimoliy qismi biroz tekisroq rel'efli supalardan iborat bo'lib, mergel va lyossuglinkasimon tuproq qatlamlari bilan qoplangan.
Florasi: Zomin davlat qo'riqxonasi o'simliklar dunyosida 105 oila, 530 turkumga mansub 1216 tur uchraydi.
Faunasi: Zomin davlat qo'riqxonasi hududida qushlarning 102 turi, sutemizuvchilarning 30 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, baliqlarning 1 turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 2 turi uchraydi.
Ekoturizm maskanlari: Zomin va Baxmal bo'limlaridagi "Boyqo'ng'ir tabiati", "Qirq kiz I", "Chortangi darasi", "Ko'lsoy tabiati" va "Qoshqa suv ko'zatuv markazi" ekoturistik marshrutlari mavjud. Sayyohlar o'simliklar va hayvonlar hayotini, qo'riqxonaning tik jarliklarini, qorli tog' cho'qqilari va quyuq archazorlarni ko'rishlari mumkin.
Qo'riqxona atrofiga yaqin mehmonxona: "Wyndham Garden Hotel Zaamin" mehmonxonasi hududdan 5 km masofada Zomin tumanida joylashgan.
Tashrif vaqti: Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha). Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha).
Manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani, "Bog'ishamol" MFY.

Asosiy xususiyatlar
- Umumiy maydoni 26 921 gektar
- 1216 tur o'simlik (105 oila)
- 102 tur qush, 30 tur sutemizuvchi
- 5 ta ekoturistik marshrut